Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohi

0
746

Ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlar uchun tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarini tashkil etish

KONSЕPSIYASI

I. Umumiy qoidalar.

1. Ichki ishlar idoralari profilaktik hisobidagi voyaga yetmaganlar uchun tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari har yili yozgi ta’til mavsumida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya tarkibidagi vazirlik va tashkilotlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida Respublikaning barcha hududlarida tashkil etiladi.

  • Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarida voyaga yetmaganlar bilan sport mashg‘ulotlari, psixologlar ishtirokida seminar-treninglar va turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
  • Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining 2014 yil 11 martdagi 9-, 3-son qarori bilan tasdiqlangan (2014 yil aprel oyida 2572-son raqam bilan Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan) “Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari to‘g‘risidagi Nizom”ni inobatga olgan holda tashkil etiladi.
  • 2. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari sanitariya qoidalari asosida tashkil etiladi. Oromgohlarning sanitar va tibbiy ta’minoti Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning joylardagi boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan mezonga asosan amalga oshiriladi.
  • 3. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarining ochilishiga faqatgina maxsus komissiyaning tekshiruvidan keyin ruxsat beriladi.
  • Komissiya tarkibiga Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga a’zo tashkilotlar vakillari, shuningdek, sanitariya-epidemiologiya markazi, davlat yong‘in xavfsizligi nazorati kiradi. Tekshiruvlar davomida oromgohning yashash va obyektlarning texnik holatiga asosiy e’tibor qaratiladi.
  • II. Oromgohlarni tashkil etish tartibi
  • 4. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari yozgi ta’til mavsumida ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlar uchun Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining 2014 yil 11 martdagi
    9-, 3-son qarori bilan tasdiqlangan (2014 yil aprel oyida 2572-son raqam bilan Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan) “Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan maxsus dastur asosida tashkil etiladi.
  • 5. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlariga 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlar jalb etiladi.

6. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarini tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan hal etiladi.

  • 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oromgohlarni tashkil etish joyini aniqlaydi, jihozlar va boshqa kerakli anjomlar bilan ta’minlaydi, shuningdek, tarbiyaviy va jismoniy to‘garaklarning o‘tkazilish vaqtini belgilaydi, oromgohga jalb qilingan voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash ishlarini nazorat qiladi.
  • 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarining xarajatlarini belgilaydi va ularning homiylik asosida qoplanishini ta’minlaydi.
  • 9. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga a’zo tashkilotlar vakillari oromgoh kunlari davomida kamida bir marotaba voyaga yetmaganlarning jismoniy holatlari, qay darajada tarbiyalanayotganliklarini sinovdan o‘tkazishadi.
  • 10. Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi quyi tizimlari oromgoh ishtirokchilari uchun ajratilgan maxsus avtotransport vositalarining harakatlanish vaqtida xavfsizligini ta’minlaydi, oromgohlarda jamoat tartibini saqlash yuzasidan chora-tadbirlarni belgilaydi.
  • 11. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari ishtirokchilarining yoshiga qarab 25 nafargacha voyaga yetmaganlardan iborat 8 yoki 15 tagacha bo‘lgan guruhlar tashkil etiladi. Ularning har birida guruh sardorlari saylanadi hamda oromgoh tashkil etiladigan hudud (tuman yoki shahar)ning “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi oromgohning bosh sardori etib tayinlanadi.
  • 12. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohining bosh sardori oromgohda doimiy boshqaruvni amalga oshiradi va Respublika tashkiliy qo‘mitasiga axborot beradi. Bosh sardor guruhlar uchun to‘laqonli javobgar shaxs hisoblanadi hamda tashkiliy ishlar, ovqatlanishni tashkil etish, voyaga yetmaganlar sog‘lig‘ining holati bo‘yicha oromgoh rahbariga xabar berish uchun mas’uldir.
  • 13. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarini tashkil etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshqaruvni amalga oshiradi hamda dastur asosida voyaga yetmaganlarni tarbiyalaydi.
  • 14. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarini tashkil etishda Madaniyat va sport ishlari vazirligi va uning joylardagi bo‘limlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi, voyaga yetmaganlarni jismoniy tayyorlaydi, sportchilar ishtirokida master-klasslar va suzish mashg‘ulotlari hamda madaniy tadbirlarni tashkil qiladi.
  • 15. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarini tashkil etishda Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va uning joylardagi texnik maktablari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi, mutaxassis va texnikalar ajratadi, harbiy-vatanparvarlik va harbiy-sport musobaqalarini tashkil etadi.
  • 16. Mudofaa vazirligi va uning joylardagi bo‘limlari voyaga yetmaganlar uchun harbiy-vatanparvarlik to‘g‘risidagi hujjatli filmlar namoyishini tashkil etadi.
  • 17. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelushuvga asosan amaliyot davrida pedagogika yo‘nalishida ta’lim olayotgan 4-bosqich talabalari jamoatchilik asosida oromgoh ishlarida faol ishtirok etishi mumkin.
  • III. Oromgohlarda tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish
    mashg‘ulotlarini tashkil etish
  • 18. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarida voyaga yetmaganlarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun 10 kunlik dastur ishlab chiqiladi.
  • 19. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda voyaga yetmaganlarni jismoniy sog‘lom qilib tarbiyalash maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
  • 20. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlariga voyaga yetmaganlar hududdagi Ichki ishlar bo‘limi vakili rahbarligi va kuzatuvi ostida keladilar.
  • 21. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari vaqtida voyaga yetmaganlar 25 nafardan ko‘p bo‘lmagan guruhlarga ajratiladi.
  • 22. Har bir tarbiya va sport oromgohlari mavsumining boshlanishida tegishli hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida tantanali tadbirlar o‘tkaziladi.
  • 23. Voyaga yetmaganlarni oromgohga joylashtirish, vaqt va kundalik tartib taqsimoti, shuningdek, oromgohlarning ichki tartib-qoidalari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Ichki ishlar bo‘limlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
  • 24. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohining rahbari tasdiqlangan kun tartibidagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun mas’uldir hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
  • 25. Sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari yakunida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Ichki ishlar bo‘limlari va boshqa hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat komissiya tomonidan har bir guruh bilan nazorat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi va uning baholash mezoniga asosan baholanadi.
  • IV. Oromgohlarda xavfsizlik choralari, voyaga yetmaganlarning
    hayoti va sog‘lig‘ini saqlash
  • 26. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari, oromgohning bosh sardori hamda suzish va jismoniy tarbiya murabbiylari, tibbiyot xodimlari oromgohdagi voyaga yetmaganlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun javobgardir.
  • 27. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohi tarbiyachi va ishtirokchilari oromgohning kun tartibiga qat’iy amal qilishlari lozim. Voyaga yetmaganlarning ruxsatsiz oromgoh hududidan tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • 28. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarida voyaga yetmaganlarning suvda suzishi oromgoh rahbarining ruxsati bilan faqatgina basseyn va maxsus jihozlangan suv havzalarida bir vaqtning o‘zida 10 nafardan ko‘p bo‘lmagan, guruh rahbarlari va shifokor-hamshira hamrohligida, suzish va jismoniy tarbiya murabbiylari tomonidan olib boriladi.
  • 29. Voyaga yetmaganlarning cho‘milish joylarida maxsus qutqaruv vositalari va suzuvchilardan tayyorlangan qutqaruvchilar zarur vaqtda tayyor holda bo‘lishi lozim.
  • 30. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohida turli tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya vositalari bo‘lishi shart. Yotoqxonalar yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlanishi, erkin kirish-chiqish yo‘laklariga ega bo‘lishi lozim. Yotoqxonalarda chekish, kerosinli va turli elektr moslamalaridan foydalanish ta’qiqlanadi.
  • 31. Oromgohda yong‘in xavfsizligi choralari bo‘yicha ko‘rsatmalar, tabiiy ofatlar va yong‘in paytida odamlarni evakuatsiya qilish (qutqarish) rejasi ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.
  • V. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarining
  • moliyaviy manbalari

32. Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohining xarajatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, hamkor tashkilotlar va homiylar hisobidan amalga oshiriladi.

print
SHARE

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here