Milliy armiyamiz — faxru g’ururimiz!

0
86

O‘zbekiston xalqi tinch va osuda hayot kechirmoqda! Buni kimdir Vatan chegaralarining daxlsizligidan deb bilsa, kimdir uning mustahkam ma’naviy qo‘rg‘oni bilan izohlaydi. Bu ikki omil uyg‘unligi tufayli jannatmakon yurtimizda totuvlik, osoyishtalik hukm surmoqda.

Shukurkim, bugungi kunda harbiy maktablarda saboq olayotgan, chiniqib, hayotni tushunib, o‘z kuchiga ishonch hosil qilayotgan o‘g‘lonlarimizga o’z ona Vatanini himoyalashdek baxt nasib etgan. Afsonaviy Alpomish, Rustami doston, zabardast Farhodlar vorisi bo’lgan yoshlarimiz davlatning ishonchli qalqoniga aylanganidan boshimizni baland ko‘taramiz.

Bugun “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro viloyat Kengashi tashabbusi bilan “O’zbekiston mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g’ururimiz!” shiori ostidagi yoshlar harbiy vatanparvarlik festivali doirasida  viloyatimiz hududida joylashgan harbiy qismlarda jangovor texnika qurollari va harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda faollar zalida madaniy tadbirlar o‘tkazildi.

img_8613-696x464

Bunday tadbirlarning o’tkazilishi yoshlarimizning Vatanga, ona zaminga bo’lgan mehru muhabbatlarini yana bir mustahkamlaydi. Shu muqaddas Vatan farzandi ekanidan qalbida iftixor va g‘urur tuyg‘usi uyg‘ongan har bir inson tug‘ilgan yeri, ota-onasi, sevikli yori, do‘st va qarindoshlari, mahalladoshini shu Vatan timsolida suyadi.

Osmoni musaffo O‘zbekistonning hayotbaxsh havosidan nafas olib, baxtiyor umrguzaronlik qilayotgan, shu diyorning gullab-yashnashiga hissa qo‘shayotgan bunyodkor xalqning hayotiga ko‘z tegmasin.

Vatanni dildan suygan odam uchun Vatandin ortiq baxt yo‘q.

Vatan. Vatan. Vatan!.. Har qancha takrorlasak ohori to‘kilmaydigan so‘z bu!

Ruxsat Choriyeva,

Foto: Azamat Kattayev

img_8665-696x464 img_8704-696x464 img_8721-696x464 img_8745-696x464 img_8812-696x464 img_8837-696x464 img_8844-696x464 img_8856-696x464 img_9070-696x464 img_8877-696x464

Chop etish
SHARE

Fikrlar bildirilmagan

Fikr bildirish