“Askar bo‘lar yigitning mardi” mavzusidagi ma’naviy tadbir Vatan himoyachilariga bag’ishlandi

0
108

Bugun “Yoshlar ijod saroyi”da 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Askar bo‘lar yigitning mardi” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

DSC_6859

Ma’naviy-ma’rifiy, badiiy tadbirda Mudofaa vazirligi faxriylar Kengashi a’zosi, polkovnik Bahodir G‘afurov, “Rio — 2016” Olimpiada o‘yinlari sovrindori Ruslan Nuriddinov, aktyorlar Ulug‘bek Yunusov, Nigora Karimboyeva, Toshkent oliy qo‘mondonlik bilim yurti kursantlari, “Kamolot” YIH faolllari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

DSC_6866 DSC_6872 DSC_6874

Vatan — har bir qarich yeri aziz, qadrdon va jonajon maskan! Kindik qonimiz tomgan, bolaligimizning beg‘ubor onlari, hayotimizning har bir daqiqalari o‘tayotgan, bizni bag‘rida ardoqlagan, ulg‘aytirgan zamin — Ona Vatan! Tomirlarimiz qat-qatiga ildiz otgan, onamizday xokisor beminnat tuproq — Vatan! Uni chin dildan sevish, ardoqlash, uning tinchligi osoyishtaligini ta’minlash, osuda kunlarini bardavom qilish esa eng muqaddas burch, oliy saodatdir, albatta.

Ona yurtimizning har bir qarich tuprog‘ini muqaddas bilib, hayotini yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga bag‘ishlagan yurtning asl o‘g‘lonlari — Vatan himoyachilari — harbiylarning o‘z oromlaridan kechib yurtimiz sarhadlarini sergaklik bilan himoya qilayotganliklari tufayli bugun hayotimiz tinch, osmonimiz musaffo, ko‘ngillar xotirjam, kelajagimiz bundanda porloq bo‘lishiga ishonchimiz komil, albatta. Shu boisdan ham 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni har yili yurtimizning har bir go‘shasida katta tantana bilan nishonlanadi.

DSC_6892 DSC_6902 DSC_6911 DSC_6935 DSC_6952 DSC_7001 So‘zga chiqqan mehmonlar bugungi kunda armiyamiz nafaqat Vatanimiz chegaralarini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilmoqda, ayni vaqtda mustahkam iroda va xarakter, mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadigan, jismoniy chiniqish va yuksak insoniy fazilatlar kamol topadigan haqiqiy professional malaka oshirish maktabiga aylanganini ta’kidlab o‘tdi. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida milliy armiyamiz qudratini yanada oshirishga qaratilgan islohotlar askarlarning jangovar tayyorgarligini mustahkamlash va ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etgnaligi, Qurolli Kuchlarimiz saflariga jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk yoshlar jalb etilmoqda. Yoshlarimiz orasida armiyada xizmat qilishga qiziqish va intilish kuchayib borayotganiga alohida urg‘u berishdi.

DSC_7030 Ruslan Nuriddinov, sportchi:
— Har bir yigit bolaning asosiy burchi — milliy armiyada xizmat qilish. O‘z ajdodlariga munosib izdosh bo‘lishda armiyaning muhim o‘rni bor. Men Olimpiadada Vatanim sha’nini himoya qildim. Vatan sha’ni turganda… Inson hamma qiyinchiliklarni yenga olarkan. Xalqingiz ekran oldida sizni kuzatib turganini his qilasiz. Bayroq ko‘tarilganda hissiyotga berilasiz. Ayni damda harbiy xizmatdaman, sport mashg‘ulotlari bilan harbiy mashg‘ulotlar orasidagi farq katta emas ekan. Men kelgusida ham Vatanimning sha’ni va tinchligining munosib himoyachisi bo‘laman.

DSC_7043 DSC_7054

Sportchiga “Kamolot” Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgani uchun Ruslan Nuriddinovga Harakat raisining “Tashakkurnoma”si tantanali topshirildi.

Gulchehra Ashurova

print

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here