“Kamolot” ta’lim granti” loyihasiga marhamat!

0
1565

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, munosib ta’lim-tarbiya olishida ko‘maklashish, ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash hamda iqtidori va faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Kamolot” ta’lim granti” loyihasini e’lon qiladi.

Loyihada oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan chin yetim hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan bakalavr talabalar belgilangan talablar asosida ishtirok etishi mumkin.

Loyiha sovrindorlari oliy ta’lim muassasasida o‘qishi uchun belgilangan bir yillik to‘lov-kontraktining 50 foizigacha bo‘lgan miqdordagi grantga ega bo‘lishadi.

Loyihada ishtirok etishni istagan talabalarning ariza va anketalari Harakatning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarida 2017-yilning 25-fevraliga qadar qabul qilinadi.
Loyiha to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni Harakatning hududiy Kengashlari hamda oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlaridan olishingiz mumkin.

print
SHARE

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here