Navoiyda “Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda

0
252

 

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va uning qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda Sardorlar Kengashi faoliyati samaradorligini oshirish, sinf, umumiy o’rta ta’lim maktab, tuman (shahar), Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolarining o’zaro do’stlashishi va tajriba almashishi natijasida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, Sardorlar Kengashi a’zolarining faoliyatini qo’llab-quvvatlash, ularda yoshlar bilan ishlash ko’nikmalari, ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish, yetakchilik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, erishgan yutuqlari va ilg’or tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovining respublika bosqichi joriy yilning 3-5 aprel kunlari Navoiy viloyati “Yoshlar markazi”da tashkil etiladi.

Joriy yilning 3-aprel kuni Respublika tanlovi ishtirokchilari Navoiy temir yo’l vokzalida tantanali kutib olindi. Barcha yoshlar xush kayfiyatda. Tanlov ishtirokchilari har go’shadan tashrif buyurgan bo’lsada, ammo bir maqsad sari dadil qadam tashlamoqda. Biz bu tanlovda barchaga omad tilaymiz. Xush kelibsiz navqiron Navoiy viloyatiga!

Dilkusho Navro‘zova

print
SHARE

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here