«O‘zbekiston ispaniyalik sayohatchilar eng ko‘p borishni istaydigan davlatdir»

0
72

Madridda mamlakatimizning Ispaniyadagi elchixonasi va “Aluche” madaniyat uyushmasi hamkorligida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Unda tadbir ishtirokchilari xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi, O‘zbekistondagi qadimiy va o‘rta asrlar shaharsozligi durdonalari bilan tanishdilar. Taqdimotda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar mamlakatimizda turizm infratuzilmasini takomillashtirish, sayohatchilarning to‘laqonli dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, o‘zbek milliy taomlarining o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib berdilar.

Migel Anxel Martines, tarix fanlari professori, “Aluche” madaniyat uyushmasi faoli:

– Quvonarlisi, O‘zbekiston ispaniyalik sayohatchilar eng ko‘p borishni istaydigan davlatdir. Bugungi kabi tadbirlarning tashkil etilishi, shubhasiz, betakror o‘lkangiz haqidagi bilimlarning oshishiga xizmat qiladi. Uyushmamiz tashabbusi bilan 30 nafardan iborat sayohatchilar guruhi O‘zbekistonning madaniy rang-barangligidan bahra olish maqsadida yurtingizga borishni rejalashtirmoqda. Men ushbu qadimiy zaminning tarixiy boyliklari bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi ushbu safarni intiqlik bilan kutmoqdaman.​

«Jahon» AA

print
SHARE

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here