Shanxayda o‘zbek restorani ochildi

0
97

O‘zbek oshxonasi azaldan rang-barangligi va boy ta’mga egaligi bilan shuhrat qozongan. Endi uning mislsiz sifati bilan shanxayliklar ham bahra olishlari mumkin – ushbu megapolisda “Xiva” nomli o‘zbek restorani ish boshladi.

Uning tantanali ochilish marosimida keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar. Muhim voqea bilan qutlar ekan, Shanxay Ijtimoiy fanlar akademiyasi targ‘ibоt departamenti direktori Li Ixay Xitoyda O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqishi tobora ortib borayotganini qayd etdi.

– Joriy yil ikki tomonlama munosabatlar muhim voqealarga boy bo‘ldi, – dedi L.Ixay. – Jumladan, dastlab Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universiteti hududida buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoyining haykali ochildi. So‘ng Shanxay kutubxonasida ikki hafta mobaynida “G‘aroyib O‘zbekiston” ko’rgazmasi namoyish etildi. Bugun esa bizga har biri pazandachilik san’atining durdonasi hisoblangan o‘zbek oshxonasining lazzatli taomlaridan bahra olishning ajoyib imkoniyati berildi. Albatta, biz bundan juda xursandmiz.

Tadbir mehmoni, Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universiteti o’zbek tili kafedrasi mudiri U Ayjunning fikriga ko’ra, o’zbek taomlari o’z xushta’mligi va san’atkorona tayyorlanishi bilan alohida ajralib turadi.

«Jahon» AA

print
SHARE

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here