XX asrda to‘rtta urushda qatnashgan afsonaviy uchuvchi 100 yoshga kirdi

0
116

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Vyacheslav Shport XX asrda to‘rtta urushda ishtirok etgan afsonaviy uchuvchi Lev Lipovichni 100 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. Bu haqda o‘lka hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

«100 yoshga to‘lganingiz munosabati bilan samimiy tabrigimni qabul qiling. Siz Rossiya va butun jahon uchun juda katta voqealarga boy bo‘lgan butun bir asrni ko‘rdingiz. Butun hayotingizni aviatsiyaga bag‘ishladingiz», – deya ma’lum qildi gubernator.

Shportning so‘zlariga ko‘ra, Lev Lipovich bir necha urushda qatnashib, haqiqiy vatanparvar qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib bergan.

«Lev Borisovich Lipovich – noyob inson. U to‘rtta urush – fin kampaniyasi, Ikkinchi jahon urushi, militaristik Yaponiya bilan urush va Koreyadagi harbiy harakatlarda qatnashgan», – deya aniqlik kiritgan matbuot xizmati.

manba: kun.uz

print
SHARE

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here