Tez kunda! Navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi

0
129

Xabaringiz bor, «Kamolot» YIH tomonidan Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralar rahbarlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladigan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi muloqot joriy yilning 28-aprel kuni soat 15:00 da Toshkent shahridagi “Zarafshon” saroyida “Yoshlar, ayniqsa kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, shuningdek, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan yoshlarning bandligiga ko‘maklashish” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi rahbarlarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ochiq muloqotlarda o‘zining dolzarb savollar hamda takliflari bilan faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi.

Barchangizni 28-aprel kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali uzatiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir muloqotida kutib qolamiz!

print
SHARE

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here