«Kamolot» YIHning 16 yilligiga bag‘ishlanadi

2
171

«KAMOLOT»DA KAMOL TOPDIK!

Komillikning suvin ichib,
Yoshlik zavqin senda totdik.
Hur o‘lkada ko‘kka uchib,
«Kamolot»da kamol topdik!

Tafakkurda bellashib biz,
San‘at ila dillashib biz,
Yakdillikda birlashib biz,
«Kamolot»da kamol topdik!

Shijoatni dilga joylab,
Ezgulikni shior aylab,
O‘zligimiz yaqqol anglab,
«Kamolot»da kamol topdik!

Bizlar zukko, ziyrak bo‘lib,
Ogohlikda sergak turib,
VATAN uchun YURAK bo‘lib,
«Kamolot»da kamol topdik!

Tadbirkor-u, ham chempion,
Biz hammamiz bir tan-u, jon,
Bo‘lib bitta O‘ZBEKISTON,
«KAMOLOT»DA KAMOL TOPDIK!

Gulmira Karimova,

Toshkent viloyati

print
SHARE

2 fikrlar

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here