9 yoshli hind bolakay mobil ilovalar ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari

0
329
Hindistonda tug‘ilgan, biroq hozirda AQSHning Ostin shahrida istiqomat qilayotgan uchinchi sinf o‘quvchisi Ruben Pol o‘zining 9 yoshida mobil qurilmalar uchun ilova dasturlar ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari sifatida kiberxavfsizlik bo‘yicha tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etdi, deb yozadi The Times of India.
Otasining qayd qilishicha, Ruben besh yoshligidayoq axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishni boshlagan. O‘sha paytdayoq u Scratch dasturlash tilini yaxshi o‘zlashtirgan. Ma’lum muddat o‘tib, o‘spirin yana bir qancha dasturlar tillarini o‘zlashtirib olgan va o‘zining ilk mobil ilovasi matematikadan maktab vazifalarini bajarish uchun yordam beruvchi ilova-dasturni ishlab chiqqan.

Hozirgi kunga kelib Ruben Pol —mobil ilovalar ishlab chiqaruvchi Prudent Games kompaniyasi rahbari sanaladi. Ruben Bosh direktor sanalsa, uning otasi biznes-sherigi hisoblanadi.
Konferensiya davomida 9 yoshli Ruben o‘ta ishonchsiz parollarni va himoya qilinmagan tizimlarni qanday qilib osonlikcha buzib o‘tish mumkinligi haqida taqdimot o‘tkazgan.

manba: kun.uz sayti

print
SHARE

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here