«Yosh qutqaruvchi»: Birgina tumanda 704 nafar yigitni sog’lom turmush tarziga yetakladi

0
108

O’sib kelayotga yosh avlodni ona-Vatanga sadoqat, madrlik va muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning ongida harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularini, favqulodda vaziyatlarda va ko‘ngilsiz hodisalarda amaliy harakat qilishda ruhiy barqarorlik, o‘z-o‘ziga ishonchini shakllantirish, chaqqonlik, chidamlilik, tezkorlik kabi sport sifatlarini rivojlantirish va sog‘liqni mustahkamlash maqsadida, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Xalq ta’limi bosh boshqarmasi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, Madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Toshkent shahar filiali va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi hamkorlikda joriy yilning 20-aprel kuni Yunusobod tumanida joylashgan 58-sonli umumta’lim maktabida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngilli yoshlar musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Yosh qutqaruvchi” ko‘ngilli yoshlar musobaqasining tuman bosqichlarida 704 nafar “Yosh qutqaruvchilar” hamda 1500 mingdan ortiq tomoshabinlar ishtirok etdi. Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish uchun 11ta tumandan 44ta  o‘quv muassasalari 5ta shart bo‘yicha bellashdilar.

Musobaqa so‘nggida g‘oliblar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

print

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here