“Kamalak bilimdonlari” tanlovining viloyat bosqichlari o‘tkazilmoqda

0
248

“Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkilot a’zolarining faoliyat tizimini yanada mustahkamlash hamda ijtimoiy nufuzini oshirish, Harakatning rivojiga munosib hissa qo`shishlari va kelajakda mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan yetuk kadrlar bo`lib yetishishlariga ko`maklashish maqsadida “Kamalak” bilimdonlari” tanlovining viloyat bosqichlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tanlov bugungi kunda butun viloyat iqtidorli yoshlarini birlashtirmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Navoiy viloyati

Joriy yilning 19-aprel kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da “Kamalak bilimdonlari” respublika tanlovining Navoiy viloyat bosqichi bo`lib o`tdi. Jamoalar 4 ta shart ya’ni “Tanishtiruv” shartida o`z guruhlari, tumanlari haqida g`urur-iftixorga to`lib so`zlashgan bo`lsa ,“Sahnaviy ko`rinish” shartida ishtirokchi jamoa sinf, maktab, tuman (shahar) yoki hududiy “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyati yoki bolalar orasidagi mavjud muammo hamda ularning yechimlarini namoyish etdi.

-Bugungi kunda biz-yoshlarga juda ko`p imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ayniqsa, chekka-chekka hududlardagi yoshlarga ham e`tibor berilayotganligi bizni quvontirdi. Navoiyning chekka hududida joylashgan Uchquduq tumanida “Kelajak” yoshlar markazini ochilganligidan juda xursandmiz,- deydi “Kelajak yoshlari” jamoasi a`zosi Saidov Mardon.

Qizg`in bahs va munozalarga boy o`tgan tanlov natijalariga ko`ra Nurota tumani jamoasi 1-o`rinni,  Zarafshon shahri jamoasi 2- o`rinni, Navbahor tumani va Navoiy shahri jamoalari esa 3- o`rinni egalladi.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahridagi viloyat “Yoshlar” markazida ham “Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etilgan tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotganligini ta’kidlashdi.

Viloyat bosqichida mahalliy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 14 jamoaning 112 ishtirokchisi “Tanishuv”, “Sahna ko‘rinishi”, “Savol-javob” va “Ijtimoiy loyiha” shartlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Koson tumanining “Tafakkur”, 2-o‘rinni Nishon tumanining “Kamalak yog‘dulari”, 3-o‘rinni Yakkabog‘ tumanining “Istiqlol” jamoalari qo‘lga kiritishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan Koson tumanining “Tafakkur” jamoasi maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Samarqand viloyati

Samarqand shahridagi 1-son musiqa va san’at maktabida ham “Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyat bosqichi boshlandi. Viloyatning barcha shahar tumanlaridan g‘olib jamoalar yurakda hayajon va shijoat bilan tashrif buyurishgan.

Tanlov ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimidan so‘ng, bolalar tomonidan qo‘l mehnati bilan tayyorlangan ko‘rgazmali ishlar namoyishi tashkil etildi. Har bir jamoa tanlovga puxta tayyorgarlik bilan kelgani tanlovning ahamiyati va unga bo‘lgan qiziqishning yuqoriligidan dalolatdir. “Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi – bolalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchrashuvi, do‘stlik, o‘rtoqlik bayramidir.

“Kamalak” bilimdonlari” tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar tanlovning Respublika bosqichida o‘zaro bellashadilar.

Harakatning hududiy

Kengashlari matbuot xizmati materiallari asosida tayyorlandi.

print
SHARE

Fikr bildirish

Please enter your comment!
Please enter your name here