Bosh sahifa Ko’p uchraydigan savollar

Ko’p uchraydigan savollar

“Kamolot” uylarini olish uchun kimga murojaat etish lozim?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori asosida “Kamolot” uylarini olish uchun yosh oila o‘zining hujjatlarini Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzilidagi “Kamolot” YIH tuman (shahar) Kengashlariga topshirishi mumkin.

Yoshim 27 da, turmush o‘rtog‘imning yoshlari 31 da. Biz “Kamolot” uylarini olish uchun nomzod sifatida hujjatlarimizni topshirsak bo‘ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil, 8- sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida “Kamolot” YIH Markaziy Kengashining tavsiyanomasiga ega bo‘lish uchun yosh oila birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tgan, Nizomning 2-bandiga muvofiq, “Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylaridan kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish uchun hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza berilgan paytda har birining yoshi 30 yoshdan oshmagan er-xotinlar bo‘lishi belgilangan. Shu bois, sizda mazkur Nizom asosida “Kamolot” uylaridan birini olish imkoni mavjud emas.

“Kamolot” uylarining narxlari to‘g‘risida qayerdan ma’lumot olsak bo‘ladi?

Kamolot” uylarining narxini uylar qurilishi yakunlanganidan keyin uylarning qurilishini amalga oshirgan pudratchilar yoki uylar qurilishini moliyalashtirgan banklardan olishingiz mumkin.

Men “Kamolot” uylarini sotib olish uchun o‘zimning hujjatlarimni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi “Kamolot” YIH Kengashiga topshirganman. Hujjatlarim o‘rganib chiqilib ijobiy yoki rad etilgan qaror qabul qilingan yoki qilinmaganligini qayerdan bilsam bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandiga asosan hujjatlar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzilidagi “Kamolot” YIH tuman (shahar) Kengashlariga topshirilganidan so‘ng 2 kunlik muddatda hujjatlar viloyat komissiyasiga yuboriladi. Nizomning 10-bandiga asosan hududiy komissiya hujjatlarin 10 ish kunida ko‘rib chiqib, yosh oilani muhtoj sifatida hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida xulosa tuzib, hujjatlarni uch kun muddatda “Kamolot” YIH Markaziy Kengashiga yuboradi. Yuqoridagilarga asoslanib, siz taqdim etgan hujjatlar qaysi komissiyada o‘rganilayotganiga qarab o‘sha komissiyaga murojaat etganingiz maqsadgi muvofiq.

Meni “Kamolot” uylariga topshirgan hujjatlarim Respublika Komissiyasining 17-sonli bayon qarori bilan ijobiy hal etilib Buxoro viloyatining Kogon tumanida qurilgan uylardan olish bo‘yicha tavsiya taqdim etildi. Hozirgi kunda ish faoliyatim Buxoro shaxriga o‘tganligini inobatga olib menga berilgan Kogon tumanidagi uylarga berilgan tavsiyanomani Buxoro shahriga almashtirishning iloji bormi?

Kamolot” YIH Markaziy Kengashi huzuridagi respublika Komissiyasining 2015- yil, 8-apreldagi 9-sonli bayoni qarori bilan tasdiqlangan “Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni yosh oilalarga ajratish va taqsimlash bo‘yicha hududiy Komissiyalar uchun Tavsiyalar”ning 7-bandida hududiy Komissiyalarga turar-joyning yarmidan ko‘pi uchun tavsiyanomalar taqdim etilgan taqdirda, hududiy Komissiya yosh oilalar uchun kvartiralarni ajratish va uni taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinligi keltirilgan.

Siz mazkur masala yuzasidan Buxoro viloyat hududiy Komissiyasi orqali respublika Komissiyasiga murojaat qilishingiz lozim.

Meni “Kamolot” uylariga topshirgan hujjatlarim Respublika Komissiyasining 17-sonli bayon qarori bilan ijobiy hal etilib Buxoro viloyatining Kogon tumanida qurilgan uylardan olish bo‘yicha tavsiya taqdim etildi. Hozirgi kunda ish faoliyatim Buxoro shaxriga o‘tganligini inobatga olib menga berilgan Kogon tumanidagi uylarga berilgan tavsiyanomani Buxoro shahriga almashtirishning iloji bormi?

Kamolot” YIH Markaziy Kengashi huzuridagi respublika Komissiyasining 2015- yil, 8-apreldagi 9-sonli bayoni qarori bilan tasdiqlangan “Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni yosh oilalarga ajratish va taqsimlash bo‘yicha hududiy Komissiyalar uchun Tavsiyalar”ning 7-bandida hududiy Komissiyalarga turar-joyning yarmidan ko‘pi uchun tavsiyanomalar taqdim etilgan taqdirda, hududiy Komissiya yosh oilalar uchun kvartiralarni ajratish va uni taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinligi keltirilgan.

Siz mazkur masala yuzasidan Buxoro viloyat hududiy Komissiyasi orqali respublika Komissiyasiga murojaat qilishingiz lozim.

Meni “Kamolot” uylariga topshirgan hujjatlarim Respublika Komissiyasining 17-sonli bayon qarori bilan ijobiy hal etilib, Toshkent shahridan qurilayotgan uylardan ipoteka krediti asosida sotib olish uchun tavsiyanoma taqdim etildi. Hujjatlarimni taqdim etgan paytda mening 2 nafar farzandim bor edi. Hozirgi kunga kelib 3 ta farzandim bor. Menga 2 xonalik uy taqdim etilgan. Farzandim 3 ta bo‘lganligi uchun menga berilgan 2 xonalik uyni 3 xonaliga almashtirsam bo‘ladimi?

Kamolot” YIH Markaziy Kengashi huzuridagi respublika Komissiyasining 2015 yil, 8-apreldagi 9-sonli bayoni qarori bilan tasdiqlangan “Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni yosh oilalarga ajratish va taqsimlash bo‘yicha hududiy Komissiyalar uchun “Tavsiyalar”ning 7-bandida hududiy Komissiyalarga turar-joyning yarmidan ko‘pi uchun tavsiyanomalar taqdim etilgan taqdirda, hududiy Komissiya yosh oilalar uchun kvartiralarni ajratish va uni taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinligi keltirilgan.

Siz mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hududiy Komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Kamolot” uylariga topshirgan hujjatlarim respublika komissiyasining 15-sonli bayon qarori bilan yutuqlarim yetarli bo‘lmaganligi uchun rad etildi. Hujjatlarimni qayta ko‘rib chiqish uchun kimga va qay tartibda murojaat qilishim lozim?

Agarda hujjatlaringiz respublika komissiyasi tomonidan rad etilgan bo‘lsa, sizda hujjatlaringizni qaytadan (takroran) Harakatning tuman (shahar) Kengashlariga topshirish huquqingiz bor.

Men “Kamolot” uylaridan olmoqchiman. Ammo menda hech qanday yutuq yo‘q. Men tuman obodonlashtirish bo‘limida ishlayman. Menda “Kamolot” uylaridan olish imkoniyati bormi?

Kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqiga turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar sifatida hisobda turgan hamda fan, san’at, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan yog oilalar (qoidaga ko‘ra, davlat mukofotlari, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohiblari, nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari, tanlovlar va olimpiadalar sovrindorlari) ega bo‘ladilar.

Yuqoridagilarga asosan agarda siz o‘zingiz faoliyat yuritayotgan sohada yutuqlarga erishgan bo‘lsangiz, tegishli viloyat (shahar) hokimining (belgilangan namunaga asosan) tavsiyanomasiga muvofiq hujjatlaringizni taqdim etishingiz mumkin.

“Kamolot” uylari Respublikaning qaysi hududlarida qurilmoqda?

Kamolot” uylari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qurilmoqda.

2016-yilda Respublikaning qaysi hududida “Kamolot” uylari qurilishi rejalashtirilgan?

2016yilda Respublikaning barcha hududlarda “Kamolot” uylari qurilmoqda.

Toshkent shahrining qaysi tumanlarida “Kamolot” uylari qurilgan yoki qurilmoqda?

Toshkent shahrida 2015-yil uchun shaharning Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida qurilgan, 2016-yil uchun esa Chilonzor, Bektemir va Mirobod tumanlarida “Kamolot” uylari qurilmoqda.

“Kamolot” uylari necha xonalik?

Yangi tipda qurilayotgan “Kamolot” uylari 2, 3 xonali qilib qurilmoqda. Rekonstruksiya qilingan uylarda esa 1,2,3 va 4 xonali uylar ham mavjud.

“Kamolot” uylari necha qavatli?

Yangi qurilayotgan “Kamolot” uylari 2 qavatli, 4 qavatli, rekonstruksiya qilinayotgan “Kamolot” uylarining 5 qavatlilari ham mavjud.

Mening onamning qon bosimlari baland va onamda oritmiya kasalligi mavjud. Mening yutuqlarim yo‘q. Men “Kamolot” uylariga hujjatlarimni topshirsam, ushbu holat inobatga olinadimi?

Nizomning barcha talablariga javob beruvchi yosh oilalarning Nizomning 5-bandining “b” kichik bandiga asosan oila a’zolari orasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq surunkali kasalliklarning o‘tkir shakllaridan azob chekuvchi va alohida kvartirada yashashga muhtoj bo‘lgan bo‘lgan shaxslar bor bo‘lsa, shuningdek, Nizomning 17-bandiga asosan yosh oilaga tavsiyanoma navbatdan tashqari berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq surunkali kasalliklarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligining 2001-yil 19-iyuldagi “Bemorning uy-joy maydoni ko‘paytirilishi mumkin bo‘lgan ayrim og‘ir turdagi surunkali kasalliklarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 322-sonli (O‘z.R. Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 10-avgustda 1060-son bilan ro‘yxatga olingan) buyrug‘ida belgilab berilgan.

Oritmiya kasalligi yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga kiritilmagan.

Biz turmush o‘rtog‘im bilan “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilarimiz. Lekin hech qanday yutuqlarimiz yo‘q. Biz “Kamolot” uylariga hujjatlarimizni taqdim etishimiz mumkinmi?

Nizomning barcha talablariga javob beruvchi yosh oila Nizomning 17-bandining 1-qismiga asosan ya’ni, er-xotinning har ikkisi yetimlar – “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari bo‘lsa “Kamolot” YIH Markaziy Kengashining tavsiyanomasi navbatdan tashqari beriladi.

Hujjatlar taqdim etilishida yosh oilaning “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi ekanligi yutuqlar mavjud bo‘lmaganda inobatga olinmaydi.

Meni “Kamolot” uylariga topshirgan hujjatlarim Respublika Komissiyasining 17-sonli bayon qarori bilan ijobiy hal etilib Toshkent shahridan qurilayotgan uylardan ipoteka krediti asosida sotib olish uchun tavsiyanoma taqdim etildi. Uylarning narxi yuqori bo‘lganligi sababli ushbu narxdagi summani to‘lashga oilam bilan qiynalamiz. Uylarning narxini pasaytirilishi bo‘yicha kimga murojaat qilsak bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil, 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 16-bandida “Kamolot” YIH Markaziy Kengashining tavsiyanomasi hisobda turgan yosh oilalarga ular uchun zarur bo‘lgan turar-joy maydoni mavjudligidan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqdim etilishi belgilangan. Nizomning 2-bandida esa, mazkur taqdim etilgan tavsiyanoma imtiyozli ipoteka kreditini oluvchi bilan kredit oluvchi doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda joylashgan tijorat banki o‘rtasida ipoteka krediti berish to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun asos bo‘lishi keltirilgan.

Yuqoridagilarga asosan siz sotib olmoqchi bo‘lgan “Kamolot” uyini qurilishini moliyalashtirgan hamda ushbu uyni sotib olishga ipoteka kreditini taqdim etayotgan bankka murojaat etishingiz lozim.

Men “Kamolot” uylariga hujjat topshirmoqchiman. Shaxmat bo‘yicha 2013-yilgi O‘zbekiston chempioniman. Xotinim uy bekasi. Ammo men O‘zbekiston fuqarosi emasman va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifasiga kiraman. Men yoki turmush o‘rtog‘im “Kamolot” uylariga hujjatlarni taqdim etsak bo‘ladimi?

Nizomning 7-bandiga asosan turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar sifatida yosh oilani hisobga qo‘yish uchun er-xotindan biri doimiy ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha “Kamolot” YIH tuman (shahar) Kengashiga hujjatlarini taqdim etadi.

Yuqoridagilarga asoslanib sizning yutug‘ingiz bilan turmush o‘rtog‘ingiz o‘zi doimiy ro‘yxatda turuvchi Kamolot” YIH tuman (shahar) Kengashiga hujjatlarini taqdim etishi mumkin.

Men “Kamolot” YIH Andijon viloyati Baliqchi tumani Kengashiga “Kamolot” uylarini sotib olish uchun hujjatlarimni taqdim etganimda Kengash mas’ul xodimi tomonidan erishgan yutuqlarim nufuzli emasligini vaj qilib, hujjatlarimni qaytarib berdi. Sport sohasida erishilgan yutuqlarni nufuzli yoki nufuzli emasligi to‘g‘risida aniqlik kiritish uchun kimga murojaat qilishim mumkin?

Erishgan yutug‘ingizni nufuzli yoki nufuzli emasligini aniqlashda ushbu yutuqni tasdiqlovchi hujjatni bergan vazirlik yoki idoraga yoki O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga murojaat etishingiz maqsadga muvofiq.

“Kamolot” uylarini sotib olishda tijorat banklari bilan tuziladigan ipoteka shartnomasining yillik foizi qanchani tashkil etadi?

2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi 9 foizni tashkil etgan.

“Kamolot” uylariga tuman (shahar) Kengashlariga nomzodlar hujjatlarni shaxsan topshirishi lozimmi yo ishongan vakili orqali taqdim etsa ham bo‘ladimi? (Xotini, eri, onasi, otasi, ukasi, akasi va h.k.)

Kamolot” uylariga tuman (shahar) Kengashlariga nomzodlar hujjatlarni shaxsan topshirishi lozim.

Men va turmush o‘rtog‘im hozirgi kunda Oliy o‘quv yurtida tahsil olmoqdamiz. Men Navoiy stipendiyasi sohibiman. “Kamolot” uylariga hujjatlarimni topshirmoqchiman. Lekin Nizomda belgilanganidek mening va turmush o‘rtog‘imning ipoteka krediti pul summalarini to‘lashga yetarli daromadimiz yo‘q. Bunday hollarda kafillarning (ota-onam) kafilligi inobatga olinadimi?

Kafillik holatlari ipoteka kreditini taqdim etadigan bankning ichki siyosatidan kelib chiqib hal etiladi. Ushbu masalalarda tijorat banklariga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.

“Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylariga hujjatlar qayerga topshiriladi?

Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylariga hujjatlarni Nizomning 7-bandiga asosan er-xotindan biri doimiy ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha “Kamolot” YIH tuman (shahar) Kengashiga hujjatlarini taqdim etadi.

Men 2-nikohga kirganman, lekin turmush ortog‘imning 1-nikohi hisoblanadi. “Kamolot” uylariga ega bo‘lishim mumkinmi?

Nizomning 2-bandiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazilgan nikohga birinchi marta kirgan, Nizomga muvofiq “Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylaridan kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish uchun hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza berilgan paytda har birining yoshi 30 yoshdan oshmaydigan er-xotinlar yosh oila deb e’tirof etiladi.

Yuqorida keltirilgan ta’rifda “nikohga birinchi marta kirgan” jumlasi erga ham, xotinga ham tegishli hisoblanadi.

Turmush o‘rtog‘imning nomida ko‘chmas mulk mavjud, lekin mening nomimda ko‘chmas mulk mavjud emas. Biz “Kamolot” uylariga nomzod bo‘lishimiz mumkinmi?

Nizomning barcha talablariga javob beruvchi yosh oilalarning Nizomning 5-bandining “a” kichik bandiga asosan er-xotinlar doimiy ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha uy-joy mulkdori bo‘lmasligi hamda Nizomning 7-bandiga asosan taqdim etiladigan hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan er-xotinda mulk huquqi bilan to‘rar joy yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham taqdim etilishi belgilangan.

Yuqoridagilarga muvofiq siz “Kamolot” uylariga nomzod sifatida hujjat taqdim etishga noloyiq deb topilasiz.

Mening yutuqlarim viloyat miqyosida, men “Kamolot” uylariga ega bo‘lishim mumkinmi?

Nizomning 4-bandida yutuqlar respublika yoki xalqaro miqyosda bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qanday loyihalar o‘tkaziladi?

Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilar o‘rtasida fevral-may oylarida 3 bosqichda “Mening biznes g‘oyam” tanlovi hamda 18-30 yoshdagilar uchun aprel-sentabr oylarida 3 bosqichda “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasi o‘tkaziladi (loyihalarning Nizomi bilan kamolot.uz saytida tanishish mumkin).

Eng ko‘p miqdorda beriladigan imtiyozli kredit miqdori qancha?

Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lganligi sababli kredit ajrata olmaydi. Lekin Harakat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida kredit olish istagida bo‘lgan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi(9 foiz)dan yuqori bo‘lmagan foizlarda respublikamizda faoliyat yuritayotgan hamkor tijorat banklari “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Ipoteka bank”, “O‘zsanoatqurilish bank”, “Xalq banki”, “Qishloqqurilish bank”, “Asaka bank” hamda “Milliy bank”dan imtiyozli kredit olishlariga tavsiyalar beriladi.

Mening biznes g‘oyam” tanlovi g‘oliblariga eng kam oylik ish haqqining 50 barobaridan 500 barobarigacha bo‘lgan miqdorda Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan foizlarda imtiyozli kreditlar olishlariga ko‘maklashiladi.

Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasi g‘oliblariga eng kam oylik ish haqqining 50 barobaridan 500 barobarigacha bo‘lgan miqdorda Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan foizlarda imtiyozli kreditlar olishlariga ko‘maklashiladi.

Shuningdek, “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, o‘z biznes faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorning tijorat banklaridan olgan kredit foiz to‘lovi “Kamolot” YIH tomonidan to‘lab beriladi.

Harakatning Markaziy Kengashi qoshida doimiy tarzda yosh tadbirkorlar uchun tashkil etilgan “Biznes klub”da kimlar ishtirok etishlari mumkin? Klubda mashg‘ulotlar haftaning qaysi kunlarida o‘tkaziladi?

Harakatning Markaziy Kengashi qoshida yosh tadbirkorlar uchun doimiy tarzda “Biznes klub” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur “Biznes klub” faollari haftaning payshanba kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha malakali mutaxassis va ekspertlarning tadbirkorlikka oid seminar-treninglarida bepul ishtirok etishadi. “Biznesklub”ga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan barcha yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin.

“Kamolot” stipendiyasi kimlarga beriladi?

Kamolot” stipendiyasi talabalar (bakalavr, magistr)ga o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi yoki hudud (tuman, shahar, viloyat)da “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini samarali tashkil etishdagi faolligi, tashabbuskorligi, Harakat tomonidan amalga oshirilgan loyihalarda ishtirok etib, faxrli natijalarga erishganligi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va huquqiy savodxonligiga qarab beriladigan rag‘batlantiruvchi mukofotdir.

Muddatli harbiy xizmat o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qanday imtiyozlar mavjud?

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga asosan, oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-shartnoma shaklida o‘qishga qabul qilingan talabalarning bir yillik shartnoma pulining 35 foizi moddiy qo‘llab-quvvatlash tariqasida to‘lab beriladi.

“Munozara” to‘garaklari qanday maqsadlarni ko‘zlab tashkil etilgan?

Mamlakatimizda o‘sib, voyaga yetayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish va o‘quvchi-talabalarda vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularga o‘rtaga qo‘yilgan muammoga atroflicha yondasha olish, o‘z fikrlarini asoslash va aniq bayon qilish, malakalarini shakllantirishda ko‘mak berish hamda to‘g‘ri yo‘naltirish kabi ezgu maqsadlarni ko‘zlab tashkil etilgan.

Bo‘lim tomonidan yana qanday imtiyozlar mavjud?

Yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishida ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash hamda iqtidori va faolligini rag‘batlantirish maqsadida joriy yilning oktyabr oyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalari uchun “Kamolot” ta’lim granti loyihasi e’lon qilindi.

Kutubxonaga a’zo bo’lish tartibi qanday?

Kamolot kutubxonasi”ga a’zo bo’lish uchun 2 ta pasport nusxasi va 2 ta 3×4 rasimlar kerak bo’ladi.

Mavjud adabiyotlar haqida ma’lumot bersangiz?

Ingliz tilini o’rganishni istagan kata yoshdagi o’quvchilar uchun darsliklar, kichik yoshdagi til o’rganuvchilar uchun turli adabiyotlar va lug’atlar bor.

Bundan tashqari kutubxonada jahon adabiyoti klassika, ta’lim, san’at va adabiyot yo’nalishlaridagi kitoblar, aslida nemis va fransuz tillarida ham kitoblar mavjud. Elektron ma’lumotlar bazasi: kitoblar, audio va video materiallar, testlardan iborat.

Til to’garaklariga qatnash uchun nimalar qilish kerak?

Debat klub”, “Tomosh qilish orqali bilimni mustahkamlash”, “Muloqotga kirishish” usulida ingliz tili to’garaklari mavjud. 30 yoshgacha bulgan estalgan kish qatnashish imkoniyatiga ega.

Xalqaro loyihalar bo‘limi tomonidan qanday loyihalar tadbiq etilgani haqida to‘liq ma’lumot bering?

Markaziy Kengash qoshida “Kamolot Library” Axborot resur markazi tashkil etildi (mart 2015 yil). ARMda ingliz va rus tilini o‘rgatishga mo‘jallangan maxsus kurslar ochildi.
Yoshlarni ingliz tiliga bo‘lgan qishiqini oshirish hamda puxta o‘zlashtirishga mo‘jallangan “EnglishLife” loyihasi. 

“Kamolot” stipendiyasi miqdori qancha?

Kamolot” stipendiyasi miqdori eng kam ish haqining 1 barobari miqdorida bo‘lib, u har oyda 10 oy beriladi.