«Kamolot Yoshlar Oromgohi»

Direktori: Mamatov Nuriddin Omonqulovich

Manzil: Toshkent viloyati, Chorvoq tumani, kamolot oromgohi.

Telefonlar: +998951776585

Email: n.mamatov@kmail.uz

Veb sayti: mavjud emas

«Kamolot Yoshlar Oromgohi» juda so`lim go`shada – Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanining Chimyon qishlog`ida, Toshkentdan 110 km uzoqlikda joylashgan.

«Kamolot Yoshlar Oromgohi» O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12-avgust 2010-yildagi № 531-farmoni bilan sobiq «Algoritm» bolalar sog`lomlashtirish oromgohi asosida taskil qilingan bo`lib, oromgoh 2012-yilda zamonaviy talablar asosida to`liq rekonstruksiya qilingan.

Oromgohda judayam ko`p manzarali daraxtlar – tyan-shan archasi, chinor, kashtan, bundan tashqari boshqa mevali va manzarali daraxtlar takrorlanmas manzara kasb etadi.

Oromgohda 2 ta yotoqxona mavjud bo`lib, har biri 75 nafar odamga mo`ljallangan. Umumiy joylar soni – 150 ta. Har bir yotoqxona:

• ortopedik matrasli yog`och karavot;
• yangi yotoq jihozlari;
• yozuv stoli;
• yumshoq kursilar;
• holl yumshoq mebellar (divan, kreslo) bilan jihozlangan;
• jurnal stolchalari;
• suv qaynatish uchun termos;
• o`gil bolalar va qiz bolalar uchun dush;
• o`g`il bolalar va qiz bolalar uchun tibbiy xona;
Oromgoh zamonaviy infrastukturasi va jihozlar bilan jihozlangan.

Oromgoh seminarlar va konferensiyalar o`tkazish uchun barcha jarur texnik vositalarga ega:
• proyektor (2 dona),
• flip-chart (2 dona),
• oq ekran (2 dona),
• org-texnika (printer\skaner\nusxalash apparati),
• tovush apparatlari: mikrofon (ko`chma va stoykali), professional tovush pulti va tovush kuchaytirgich.

Orormgohda 2 ta konferens zal va katta, 250 odamga mo`ljallangan majlislar zali mavjud. 2 ta zalda П-shaklda 40 nafargacha odam sig`dirish mumkin.

Shuningdek 2 ta kompyuter xonalari mavjud, har xonada 10 tadan kompyuterlar bor.
Oromgoh hududida tibbiy markaz mavjud bo`lib, barcha tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Bolalar salomatligini oromgohning malakali tibbiy xodimlari kuzatib borishadi.

Ovqatlanish xonasida Rossiyaning «ABAT» kompaniyasida ishlab chiqarilgan professional restoran uskunasi o`rnatilgan. Ovqatlanish xonasi bir vaqtning o`zida 300 nafar odamga xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega.

Bulardan tashqari oromgohda kinozal, transpol, to`garak va mashg`ulotlar uchun o`yin maydonchalari ham mavjud. Futbol, basketbol va voleybol o`ynash uchun sport maydonchalari, hamda yugurish yo`lakchalari mavjud. Shaxmat-shashka o`ynash o`ynab hordiq chiqarish uchun xonalar ham mavjud.

Qiziqarli kitob o`qish ixlosmandlari uchun maxsus jihozlangan, kompyuterlar bilan jihozlangan kutubxona mavjud.

Administratsiya yotog`i 2 ta zonaga bo`lingan: ofis va yotoq zonalari. 1-qavat direktor, tarbiyachilar, guruh rahbarlari va hisobchi uchun xonalar bilan jihozlangan va ofis qilishga mo`ljallangan. 2-qavat yotoq xonalardan iborat bo`lib, oromgoh ishchi va xizmatchilari yashashi uchun mo`ljallangan.

Oromgoh malakali qo`riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo`riqlanadi, video-kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan va nafaqat yozda, balki qishda ham bolalarning bexavotir dam olishi uchun qulay joydir.

Oromgohning barcha xonalari isitish tizimi bilan jihozlangan. Zamonaviy kir yuvish va quritish asboblari bilan jihozlangan kir yuvish xonasi ham mavjud.

Oromgohga marhamat!

funksionalkani doc formatda yuklab oling