Direktori: Shodiyeva Dilfuza Oktabrevna

Manzil: Toshkent, Chilonzor tumani, Qatortol ko’chasi, 60-uy.

Xizmat telefoni: (0595)170-90-22

E-mail: d.shodiyeva@kmail.uz

Veb-sayti: kum.uz

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash eng muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa, bunday vazifani bajarish esa o‘ziga xos aniq maqsad va vazifani belgilab beradi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkiloti ham ana shunday vazifalarni bajarish maqsadida ko‘plab izlanishlarni olib bormoqda. harakat qoshida 2013 yil 3 iyun kuni   “O‘quv-uslubiy markaz” nodavlat ta’lim muassasi  tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda o‘z oldiga aniq maqsadlarni belgilab oldi. Ta’lim muassasasi bugungi kunda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Markaziy Kengashi, uning hududiy va mahalliy tizimlari rahbarlari va mas’ul xodimlari, boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari, faollari ish samaradorligini oshirish tizimini rivojlantirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ta’minot ishlarini tashkil etish, zarur ilmiy-uslubiy manbaa va qo‘llanmalar yaratish, tizimda muntazam ravishda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi vazifalar ustida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ta’lim muassasasiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan “Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash” bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya ham berilgan.

Respublikamizning turli xil mintaqalaridan kelgan tinglovchilar muassasa o‘quvlarida faol qatnashib o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni o‘zlashtirishadi. Shuningdek, o’quvlarga malakali lektorlarni jalb etilishi seminarlarning qiziqarli o‘tishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Markaz tomonidan shu kungacha 18 ta malaka oshirish kursi tashkil qilindi va ularda jami 1530 nafar tinglovchi ishtirok etdi. O‘quv-seminarlar davomida ma’naviy-ma’rifiy, sport, salomatlik sohalariga oid tadbirlar ham qamrab olingan. Seminarlarning o‘quv mashg‘ulotlaridagi ma’naviy soatlarga davlat arboblari, artistlar, shoirlar, psixologlar va taniqli sportchilar taklif etiladi.

Ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad va vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida to‘rtta bo‘lim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:

— Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘limi;

— Uslubiy bo‘lim;

— Ilmiy-tadqiqot bo‘limi

— Axborot-resurs bo‘limi.

“KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI QAYTA TAYYORLASH” BO‘LIMI

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha harakatning rahbar va mas’ul xodimlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tizimidagi yetakchilarni muntazam ravishda qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini yillik reja va o‘quv-uslubiy asosda amalga oshirishni rejalashtiradi, aniq maqsadga qaratilgan o‘quv reja va dasturlar asosida o‘quvlarni tashkil etadi va shu yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtiradi.

“USLUBIY” BO‘LIMI

Harakati tizimlarida faoliyat yuritayotgan kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashning yaxlit uslubiy bazasini shakllantirish, o‘quv rejalar, dasturlari, o‘qishni tashkil etishga yo‘naltirilgan uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqib va nashr ettirish hamda qo‘llanmalar, bukletlar, yorliqlar, diplomlar hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bazasini shakllantiruvchi boshqa bosma mahsulotlarning dizaynini ishlab chiqadi.

“ILMIY-TADQIQOT” BO‘LIMI

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari yakunida olingan axborot-tahliliy materiallarni to‘plab tizimlashtiradi va tahlil qiladi, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda yoshlar orasida ro‘y berayotgan ijtimoiy jarayonlarni kompleks o‘rganish, istiqbolini belgilash ishlarini amalga oshiradi, ushbu jarayonlarning mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holatga va uning rivojlanishiga ta’sirini tadqiq etadi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy bo‘limlarining joylarda ilmiy va sotsiologik tadqiqotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyatini monitoring qiladi, tizimli tahlil etadi va muvofiqlashtiradi.

“AXBOROT-RESURS” BO‘LIMI

Ta’lim muassasi kutubxonasini elektron shakllantiradi, uni zamonaviy talablarga javob beruvchi ilmiy-uslubiy adabiyot, yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish usullari va vositalari, davlat va jamiyat qurilishida yoshlarning o‘rnini oshirish, yoshlar tashkilotlari faoliyatini tashkil etish borasida axborot-tahliliy materiallar bilan boyitib borish ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tizimlaridagi ilg‘or tajribalar, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid badiiy, hujjatli filmlar hamda foto va video arxivni shakllantiradi.

funsionalkani doc formatda yuklab oling