«Turkiston» gazetasi

Bosh muharrir: Karimov Faxriddin Turdaliyevich
«Turkiston» — ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi: Oʻzbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati. 1925-yil 18-apreldan haftada 1 marta (8000 nusxada) mustaqil chiqa boshlagan. 1992-yil 1-yanvardan hozirgi nomda. 1929—35 yillar nomuntazam, 1936—66 yillarda haftasiga 3 martadan chiqqan.

Gazeta 1929—30 yillarda Samarqandda nashr etilgan. «Turkiston»ning gazeta sifatida shakllanishida tashkilotchilardan Vladimir Glazkov, Ergash Bayxonboyev, qalamkashlar Komiljon Alimov, Ayub Aʼzamov, Ziyo Sayd, Abdusalom Niyozov hamda oʻzbek erlar bilim yurtining talabalari va boshqa ijodkorlarning hissasi katta boʻlgan. Sahifalarida oʻzbek adabiyotining taniqli namoyandalari Gʻafur Gʻulom, Mirtemir, Gʻayratiy, Yashin, Uygʻun, Hamid Olimjon, Ziyo Sayd, Nazir Safarov, Oydin, Anqaboy va boshqalarning sheʼr, hikoyalari tez-tez chiqib turgan.
2-jahon urushi yillarida gazetaning chiqishi vaqtincha toʻxtatilgan. 1946-yildan yana nashr etila boshlagan. «Turkiston»ga turli davrlarda Bois Koriyev (Oltoy), Akmal Poʻlat, Sotvoldi Yoʻldoshev, Gʻani Jahongirov, Abdulazal Vahobov, Rustam Shogʻulomov, Jabbor Razzoqov, Gʻaffor Hotamov, Abduqodir Niyozov va boshqalar muharrirlik qilishgan.
Bugungi kunda gazetada Oʻzbekiston yoshlari bilan bogʻliq muammolar va ular erishgan yutuklar haqida maqolalar berib boriladi. 2003-yil iyunda «Turkiston» va «Molodyoj Uzbekistana» gazetalarining birlashgan taxririyati yuzaga kelgan.
Indeks: 100000
Mamlakat: O’zbekiston
Shahar: Toshkent
Tuman: Mirobod
Matbuotchilar ko’chasi 32
Tel.: 233-79-69
Faks: 150-22-74